Deputat ishtirokida ayollar muammolari o‘rganilmoqda

 

Aholining ehtiyojmand qatlami manfaatini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolar yechimini topish va ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish masalalari O‘zbekiston Halq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlaridan sanalib, barcha darajadagi partiya Kengashlari va partiya deputatlik guruhlari oldiga ushbu yo‘nalishda muhim vazifalar qo‘yilgan.

O‘zbekiston XDP Paxtakor tuman kengashi tomonidan tumandagi Olmazor mahallasida xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nishon Qurbonov hamda tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy yordam berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish