Xotin-qizlar muammolari hal qilinyapti
O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi deputati B. Qo‘chkorova ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birga navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi. Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda tumanda himoya orderi olgan 22 nafar xotin-qiz ishtirok etdi va ularga huquqiy va psixologik maslahatlar berildi.