Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘rozaliyeva Yangiobod tumanidagi saylovchilari bilan uchrashdi. XDP fraksiyasi a’zosi o‘z saylov okrugida yangi qurilayotgan inshootlar bilan tanishib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qay darajada amalga oshganligini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida kuz-qish mavsumiga ajratilgan ko‘mir zaxirasi, yangi o‘rnatilgan isitish uskunalarning sifatiga e’tibor qaratilib, bu borada mas’ullar bilan fikr-mulohazalar almashildi.

Ayrim masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi. Shu kunning o‘zida Qonunchilik palatasi deputati M. O‘rozaliva Do‘stlik MFY da joylashgan 6-maktab, Balandchaqir MFY da joylashgan 1-maktab issiqlik tizimini borib ko‘rdi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanib, yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan kelishib olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish