Saylov organlari tizimi takomillashtirilishining o‘ziga xosligi jihatlari tushuntirildi

 

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “Saylov organlari tizimi takomillashtirilishining o‘ziga xosligi jihatlari” mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Z. Akramova, U. Urazbayev, Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilot, korxona rahbarlari, mahalla raislari, xotin-qizlar, yoshlar vakillari hamda OAV xodimlari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (nomzodlar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanyapti.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish