Bayram tadbirlari davom etyapti
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar kengashida madaniy tadbiri tashkil etildi.
Unda partiya Markaziy Kengashi va Toshkent shahar kengashi mas’ul xodimlari, tuman-shahar kengashlari raislari, partiya faxriylari hamda faollar ishtirok etdi.
Tadbir davomida partiya safida mehnat qilib kelayotgan bir guruh faollar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.