“Strategiya-2030” yo‘nalishlari asosida XDP kengashlarining vazifalari

 

O‘zXDP Xorazm viloyat kengashi majlislar zalida “Partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Xorazm viloyati hamda shahar va tuman kengashlari deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qo‘yilgan maqsadlarga erishishda siyosiy partiya va mahalliy Kengash deputatlarining ishtiroki” mavzusidagi ma’ruza tinglandi.

Shuningdek, O‘zXDP saylovoldi dasturlarini amalga oshirishda va elektorat manfaatlarini himoya qilishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi lozimligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish