Yoshlar bilan uchrashuv

 

XDP Sariosiyo tuman kengashi tomonidan "O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib tumandagi “Afrosiyob” mahallasi hududida joylashgan 3-sonli maktabda “Qonunchilik yoshlar nigohida” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqan tuman partiya tashkiloti raisi "O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib, strategiyadagi oilaviy tarbiya masalalari, yoshlar xususan qizlarga berilayotgan ta’limdagi imtiyozlar, kasb-hunar egallab hayotda o‘z o‘rnini topgan yoshlar, tumanda yoshlar va xotin-qizlar uchun yaratilayotgan ish o‘rinlari xususida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish