Ayollar bilan yuzma-yuz
O‘zXDP Uchko‘prik tuman kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati G. Jo‘rayeva ishtirokida erta nikoh, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirishga masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida oila mustahkamligini ta’minlashda ayollarning o‘rni, oilaviy ajrimlar va ularning kelib chiqish sabablari va buni oldini olish bo‘yicha mutaxassislar va tajribali onaxonlar tomonidan fikr, mulohazalar bildirildi.