Ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi

 

2023-2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish yuzasidan Xalq demokratik partiyasi Uychi tuman kengashi hamda deputatlik guruhi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi.

Jumladan, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bu yilgi ko‘mir zaxirasi rejasi 64 tonna bo‘lib, bugungi kunga qadar 54,7 tonna ko‘mir omborga jamg‘arilgan. 5 ta kichik isitish kotyoli, 1 ta aqlli isitish kotyoli mavjud bo‘lib, qishki mavsum boshlanishiga yaqin qolgan bo‘lsa-da, hali sinovdan o‘tkazilmagan, ikkita kichik isitish kotyolining dudburoni yangilanmagan.

19-maktabgacha ta’lim muassasasida 1 ta kichik, 1 ta aqlli isitish kotyoli, jami 2 ta isitish kotyoli bo‘lib, sinovdan o‘tkazilgan. Bu yilgi ko‘mir zaxirasi rejasi 31 tonna bo‘lib, bugungi kunga qadar 31 tonna ko‘mir keltirilgan, lekin ombor yo‘qligi sababli ochiq joyda saqlanmoqda.

Ishchi guruh o‘rganish davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, amaliy yordam ko‘rsatdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish