Bag‘rikenglik – totuvlik va taraqqiyot garovi
Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Bag‘rikenglik – totuvlik va taraqqiyot garovi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo bo‘limi rahbari Lola Saodatova, universitetning “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Shahodat Murtozova ma’ruza qildi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda 130 ga yaqin millat vakillari ahil va inoqlikda yashab kelmoqda. Mamlakatimizda o‘zaro bag‘rikenglik tamoyiliga qat’iy amal qilinayotgani yurtimiz tinch, fuqarolar ahil va totuv yashashi va yurtimiz yanada taraqqiy etishiga xizmat qilyapti.
Savol-javoblar bilan tadbir qiziqarli va fayzli o‘tdi. Topqirligi bilan ajralib turgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.