Karmana tumanida tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Karmana tuman kengashi, Xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari, partiyamiz faollaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan qonun va qarorlarda belgilangan topshiriqlarning mazkur tumandagi bajarilish holati o‘rganildi.

Bugungi kunda Karmana tumanida 1 ta Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 10 ta oilaviy shifokorlik punkti, 6 ta oilaviy poliklinika, 6 ta tibbiy punkt 43 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Tumanning chekka hududi hisoblangan Hazora massividagi Pahlavon, Sardabo mahallalarida joylashgan 3-sonli oilaviy shifokorlik punkti 5968 nafar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Uning tarkibida 3 km masofada joylashgan Degaron tibbiy punkti (konteyner) faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Muassasa zamonaviy UZI, EKG apparatlari hamda 80 turdagi dori-darmon vositalari bilan to‘la ta’minlangan. Bemorlarni onlayn ro‘yxatga olish maqsadida aholining muammosi elektron bazaga kiritilib, tegishli shifokorlarga yo‘naltirilmoqda. 10 ta o‘ringa mo‘ljallangan kunlik statsionar ishlab turibdi.

2-Bog‘iobod oilaviy shifokorlik punkti orqali 3581 aholiga 19 nafar tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatmoqda. 10 o‘rinli kunduzgi statsionarda 8 nafar bemorlar davolanmoqda. Bino davlat dasturiga tushgan bo‘lib, ta’mirlashga tayyorgarlik olib borilmoqda.

Malikrabot oilaviy shifokorlik punkti esa 11 mingdan ortiq aholi, 1510 ta xonadonga xizmat ko‘rsatmoqda. Gaz, suv, elektr toki bilan ta’minlangan. 9 ta xonadonga kirib, oila a’zolari bilan suhbatlashilganda, fuqarolar muassasa faoliyatidan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

OShP joylashgan hududda ko‘p qavatli uylarda yangi ko‘chib kelgan oilalarga ham tibbiy xizmat ko‘rsatilayotganligini inobatga olib, qo‘shimcha shtatlarga ehtiyoji mavjud. Mazkur masalani hal qilish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish