Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Qo‘qonda

 

Partiya tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar 5-oilaviy poliklinikaga qarashli aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyat filialining tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Malakali shifokorlar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ta’minotga muhtoj bo‘lgan 52 nafar xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Ko‘rik yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalarga va keksalarga zarur dori-darmonlar bepul tarqatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish