Partiya elektorati himoyasi yo‘lida

 

O‘zbekiston XDP Namangan tuman kengashi tomonidan “Partiya o‘z elektorati himoyasi yo‘lida” loyihasi doirasida “Kasb-hunarga o‘qitish markazi”da tadbir tashkil etildi.

Unda partiya kengashi mas’ul xodimlari, boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari va partiyadan saylangan deputatlar ishtirok etdi. Dastlab partiya elektorati hisoblangan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini kasb-hunarga o‘qitish va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Jumladan, "Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazi” 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda 27 ta yo‘nalishda kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Muloqot chog‘ida mehnatga layoqatsiz, nogironligi bor shaxslarga nafaqalar tayinlanishi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarga ajratilayotgan subsidiyalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak berish maqsadida yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan qizg‘in suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida mas’ullar tomonidan ishsiz va ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlash va ularga kasb-hunar o‘rgatishni yanada samarali yo‘lga qo‘yishni tashkil etishga oid dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida Markaz mas’ul xodimlaridan 15 nafari partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish