Elektorat bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP To‘raqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan “Partiya sizga ko‘makchi” loyihasi doirasida tuman Obodonlashtirish bo‘limi ishchi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda yurtimizdagi islohotlar, Xalq demokratik partiyasining faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Tuman Obodonlashtirish bo‘limida 250 dan ortiq ishchi xodimlar mehnat qilishadi. Shundan 23 nafari partiya a’zosi, 5 nafar xodim 2 guruh nogironi.

Ishchi xodimlar bilan dildan suhbat qurildi. Ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Faollar va nogironligi bor ishchi xodimlariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusida partiya a’zolari safini kengaytirib, hamkorlikda ishlar olib borish va partiyamiz dasturida belgilangan vazifalarni keng ommaga yetkazish yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish