Partiyamizning “Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi manzil Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Jasorat” mahallasi bo‘ldi.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Mazkur mahalladagi ko‘p qavatli uylarning isitish tizimida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha qilingan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shu jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasining mahalladagi ijrosi ham ko‘zdan kechirildi. Mahalladagi aholi vakillari bilan suhbatlarda ko‘tarilgan muammolar joyida o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar deputat say’i-harakati bilan o‘rnatilgan svetofor uchun minnatdorchilik bildirdi. Ayni joydagi piyodalar yo‘lagining nogironligi bor fuqarolar va yosh bolali ayollar hamda maktab bolalari uchun yanada qulayroq qilish yuzasidan amaliy yordam so‘raldi.
V.Kim mahalladagi profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli bilan ham suhbatlashib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlar bilan qiziqdi. Shu bilan birga, odamlarning yashash sharoiti, berilayotgan amaliy ko‘maklar bilan yaqindan tanishdi va ular bilan dildan suhbatlashdi.