Mehr ulashaylik

 

Ijtimoiy ko‘makka muhtojlar xolidan xabar olish, ularning o‘ksik ko‘ngillarini oz bo‘lsada ko‘tarish xalqimizga xos fazilatlardan biridir.

O‘zbekiston XDP Norin tumani kengashi tomonidan tumandagi 47-sonli maxsus maktab internatida o‘rganishlar olib borilib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. U yerdagi bolalar bilan dildan suhbatlar olib borildi. O‘rganish vaqtida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Tadbir so‘nggida partiyamizning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish