Har bir bolaga mehr va e’tibor

 

Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bag‘rikenglik 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab uyushtirilayotgan tadbirlarda o‘z aksini topmoqda. Bundan asosiy maqsad nogironligi bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi xodimlari Qibray tumanida joylashgan Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyiga tashrif buyurdilar.

Tadbir davomida bildirilgan tilaklar va tabriklar, bolajonlar tomonidan aytilgan she’rlar, ular ijrosidagi raqslar barchaga quvonch bag‘ishladi.

Yakunda Bolajonlar tadbir tashkilotchilarining bayram sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish