Barchaga g‘amxo‘rlik – davlatning burchi

 

O‘zbekiston XDP Qibray tumani kengashi deputatlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda 3-dekabr – «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan tumandagi «Opa singillar» nogiron ayollar jamiyatida tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori bo‘lim boshlig‘i M. Nizomiddinov, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi rais o‘rinbosari A. Sadiqov, viloyat Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri S. Ahmedova ishtirok etdi.

Jamiyatning asosiy vazifalaridan biri imkoniyati cheklangan ayollar va bolalarni ijtimoiy va tibbiy reabilitatsiya qilish va ular uchun teng sharoitlarni yaratishdir. Muloqot chog‘ida «Opa singillar» nogiron ayollar jamiyatida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida nogiron bo‘lsa-da, mehnatga layoqatli xotin-qizlar va yoshlarning o‘quv qurslarida olayotgan bilimlari, ularning hunarmandlik buyumlari, davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanilayotganligiga guvoh bo‘lindi. Bu insonlarning hayotga bo‘lgan ishtiyoqi, intilishlari yuqori ekanligi tahsinga loyiqdir.

Yakunda Toshkent viloyati kengashi tomonidan sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish