O‘zbekiston XDP Guliston shahar kengashi raisi G. Useinova shahardagi Monomarkazda «Mening Konstitutsiyam» loyihasi doirasida xotin-qizlar bilan uchrashdi.
Deputatimiz o‘z so‘zida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom avlodni voya yetkazish va tarbiyalash yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida gapirdi.
Shuningdek, bu jarayonlarda ayollarning o‘zi ham faol ishtirok etishi, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi, tashabbuskor bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
***
Oqoltin tumanidagi kasb-hunar maktabida esa «Konstitutsiya – huquqlarim poydevori» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston XDP Oqoltin tumani kengashi deputati Ye. Boboyev, Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Ziyayev, Toshkent Davlat agrar universiteti dotsenti M. Abduraimovalar ishtirok etgan tadbirda qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Konstitutsiyaga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilgan yangi moddalar xususida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar bilan «Zakovat» intellektual o‘yinida ishtirok etishdi hamda sport bellashuvlari ham tashkil etildi.