Konstitutsiya – farovon hayot asosi

 

Shu kunlarda Toshkent viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan deputatlar ishtirokida qator uchrashuvlar, muloqot va tadbirlar tashkil etilmoqda.

XDP Parkent tuman Kengashi tomonidan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan tuman XDP kengashi raisi R. G‘ofurova yangilangan Qomusimizning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz farovonligi yo‘lida tutgan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP Piskent tuman Kengashi raisi, deputat D.Komilova tuman Obodonlashtirish bo‘limi ishchi va xodimlari bilan uchrashdi. Muloqotda yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy istiqlol g‘oyasi va mustaqillik mafkurasining huquqiy asosini tashkil etishi, xalqimizning istiqlolga, erkinlikka bo‘lgan intilishini, milliy ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarini aks ettirgan hamda ularni jamiyat ongiga, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qilishi haqida tushunchalar berdi.

Bekobod tumani 16-sonli Musiqa maktabida esa “Konstitutsiyamiz qomusimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Bekobod tuman XDP raisi S. Xidirova ochib berdi va o‘z so‘zida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosi ekanligi, uning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi. O‘quvchilar tomonidan Vatan, Konstitutsiya haqida aytilgan she’r, qo‘shiq hamda ijro etilgan jozibali raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish