Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Toshkent shahar kengashi tomonidan «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetida «Zo‘ravonlikka qarshi kurash» oyligi doirasida oliygoh talabalari va professor o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda ayollar huquqlarini mustahkamlash, gender tengligi, xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbatlashildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, zo‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qat’iy belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.