“Uyma-uy” loyihasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi, partiyaning Qorao‘zak tuman kengashi, Xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari va tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari “Uyma-uy” loyihasi doirasidan ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olishdi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati Biybiraba Pirimbetovaning yordami bilan “Dosnazarov” OFY hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar - J. Paluaniyazova, M. Rametullayeva va P. Kurbaniyazovalarga yurishga ko‘maklashish moslamasi olib berildi.