Ishchi guruh jamoatchilik nazoratini o‘tkazdi

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov boshchiligidagi deputatlar, mahalla raislari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vakillari, veterinariya bo‘limi xodimlari va boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruh jamoatchilik nazoratini o‘tkazdi.

Hududdagi «Oydin» dehqon bozorida sotilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining mo‘tadilligi, xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bozordagi tartib-intizom ko‘zdan kechirildi. Xaridorlar bilan suhbatlashildi.

Narx-navo barqarorligini saqlash arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish orqali ta’minlanayotgani ma’qullandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish