Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatni oshirish va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida Surxondaryo viloyat hamda Denov tuman kengashlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda nogironligi bo‘lgan bolalar, keksalar va ayollarning salomatligiga e’tibor qaratildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida ehtiyojmand aholi vakillariga qo‘yilgan tashxislarga binoan muolajalar qilindi. Bepul dori-darmonlar berildi.