Dori-darmonlar reklamasidagi bo‘rttirishlar, soniyalarda tuzalib qolayotgan bemorlar haqiqatdan ham shundaymi? Vaholanki, odamlarning bilib-bilmay, shifokor tavsiyasisiz, ko‘r-ko‘rona reklamaga ishonib, dorilarni iste’mol qilishi ularning organizmiga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar berishi ham hayotda kuzatilgan, kuzatilayotgan holatdir. Shu sababli OAV dori-darmonlarning reklamasi bilan bog‘liq qonunchilik me’yorlarini takomillashtirish, javobgarlikni kuchaytirishga ehtiyoj tug‘ilgan.
Xalq demokratik partiyasi fuqarolarning hayoti va salomatligini himoyasiga qaratilgan preparatlarning to‘g‘ri, shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanilishi tarafdori. Shu sababli yangi qonun tashabbusini ilgari surmoqda. Ishchi guruh yig‘ilishida mazkur masalalar muhokama qilindi.