XDP deputati xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi

 

O‘zbekiston XDP Baxmal tuman Kengashi deputati U.Almanov «Uyma-uy» loyihasi asosida Mo‘g‘ol QFY Mo‘g‘ol qishlog‘ida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi. Shu kuni yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi, ularning turmush tarzi ko‘zdan kechirildi.

 

Odamlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida xonadonlarga borildi. Suhbatlar jarayonida avval ko‘tarilgan va hal etilgan masalalar haqida ham so‘z bordi. Shu kunlarda elektr energiyasida uzilishlar bo‘layotgani aytildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilot mutasaddilari bilan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Xuddi shunday tadbir Arnasoy tumanida ham o‘tkazildi. Unda tuman Kengashidagi XDP guruhi a’zosi I.Parmanov va mahalla xotin-qizlar faoli, yoshlar ishlari bo‘yicha hokim maslahatchilari bilan hamkorlikda uyma-uy yurib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Ayni paytda yotib qolgan hamda yordamga muhtoj fuqarolari holidan xabar olindi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish