Nafaqa va moddiy yordamni bekor qilish uchun
oilaning moddiy ahvoli haqida obyektiv ma’lumot bo‘lishi kerak
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ullari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan yig‘ilishda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» tizimining ishlashini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadliligini ta’minlash ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Vazirliklar vakillariga savollar bilan murojaat qilindi.