Xotin-qizlar muammolari “fuqarobay” o‘rganiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ham xotin-qizlar bilan ishlash tizimi takomillashtirib borilmoqda. Bu boradagi amaliy ishlarning sarhisobi va kelgusi yilgi rejalarni muhokama qilish maqsadida tuman hokimiyatining faollar zalida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etgan yig‘ilishda Zarbdor tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sabohat Karimova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-son qaroriga asosan Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari ijrosi yuzasidan hisobot berib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi tomonidan “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichi yakunlari tanqidiy tahlil qilinib, 2024 yilda ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2024 yilning yanvar oyi davomida xotin-qizlar muammolari “fuqarobay” o‘rganiladi hamda fevral oyi davomida ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatlari shakllantirilib, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari sessiyalariga tasdiqlash uchun kiritiladi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish