Salomatlik – yarim boylik

 

O‘zbekiston XDP Uychi tuman kengashi tashabbusi bilan 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda endokrinologiya markazi bilan hamkorlikda “Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar yurtimizda bugungi kunda 350 mingdan ortiq qandli diabet bilan kasallanganlar borligi va buning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya etish zarurligini ta’kidladi. Ishtirokchilarga “Sog‘lom turmush tarzini rejalashtiramiz” nomli bukletlar tarqatildi.

Endokrinologiya markazi bosh shifokori B.Siddiqov, shifokor E. Isroiljonovlar qandli diabet turlari, to‘g‘ri ovqatlanish to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

Suhbat interaktiv usulda o‘tib, savollarga javoblar qaytarildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish