Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

 

O‘zbekiston XDP Jizzax shahar kengashi tomonidan Jizzax shahridagi 29-sonli maktabda “Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonning haqiqiy egalari bo‘lgan yosh avlodga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan holda puxta bilim berishga katta e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida mazkur ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish