Sog‘lom ona, sog‘lom oila

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti tashabbusi bilan tumandagi “Quyi Yakkatut” MFY hududidagi 54-sonli oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ruqlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya etish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligini aholiga tushuntirishning muhimligi xususida so‘z yuritildi.

So‘zga chiqqanlar shuningdek, farzandining kelajagini o‘ylagan har bir ota-ona eng avvalo ularning sog‘lig‘i, bilim olishiga e’tibor qaratishi va farzandlar tug‘ilishida oraliq masofani saqlash zarurligi haqida tavsiyalar berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish