Murojaatlarga munosabat o‘zgarmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi xalq qabulxonasi va Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi hamkorligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda partiyaning Samarqand viloyat va shahar kengashlari raislari, partiyadan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda saylovchilarni qiynayotgan muammolarga yechim izlandi va 30 dan ortiq murojaatlarning aksariyati Samarqand shahar hokimligi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi jiddiy nazoratga olindi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilinganlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish