120 dan ziyod xotin-qiz uchun bepul tibbiy ko‘rik

 

Farg‘ona shahar “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Sog‘lom ona-sog‘lom oila” loyihasi doirasida xotin-qizlar va bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona shahar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat hududiy bo‘linmasi, 3-oilaviy poliklinika mutaxassislari, partiya faollari ishtirok etdi. Ko‘rikka asosan ushbu mahallada yashovchi, “ayollar daftari”ga kiritilgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar jalb qilindi.

Loyiha doirasida xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensionerlar hamda bolalarning davolanishi uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasida davlat dasturlarida belgilangan vazifalar kichik suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, ayollarda ko‘p uchraydigan kasalliklar va ularning oldini olish, tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan so‘nggi profilaktika, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida ma’lumot hamda maslahat berildi.

Shu kuni 120 nafardan ziyod xotin-qiz va 15 nafar bola bepul ko‘rikdan o‘tkazilib, muolaja olishlari yoki tegishli muassasalarga murojaat qilish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir so‘nggida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan tibbiy ko‘rik ishtirokchilariga 13 turdagi bepul dori-darmon va tibbiyot vositalari tarqatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish