Irsiy kasalliklar profilaktikasi muhim

 

O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi tuman oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Axborot kutubxona markazida umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchi-qizlari uchun suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligi tushuntirildi. Muloqotda O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi M. To‘ychiyeva ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish