2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb nom berilganligining mazmun mohiyati tushuntirildi

 

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda korxona va tashkilotlar, ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, aholi bilan yaqindan muloqot o‘tkazmoqda.

Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.G. Xasanova Uzun tumanida bo‘lib, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Xususan, Uzun tumanidagi Qishloq xo'jaligi texnikumi va tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohatlarning bajarilishi va 2024-yil – «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nom berilganligining mazmun mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tamonidan 9 ta yo‘nalishda ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish