Saylovchilar bilan tizimli muloqot deputatlar korpusi faoliyatining eng muhim yo‘nalishidir

 

Joriy yilning 24-27 yanvar kunlari Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida faoliyat olib borishmoqda va saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xuddi shunday uchrashuvlar Qonunchilik palatasi deputati Ulug‘bek Vafoyev tomonidan Samarqand viloyatining Payariq va Jomboy tumanlarida o‘tkazildi. Unda deputat o‘z saylovchilariga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda ularning xalqimiz farovonligini yuksaltirishdagi o‘rni to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlar berdi.

Suhbatlar chog‘ida saylovchilar olib borilayotgan islohotlarni qizg‘in qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda qonunchilikni takomillashtirishga doir o‘rinli takliflar ham bildirmoqda.

Uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, deputatlarni o‘z saylov okruglarida uzoq vaqt faoliyat olib borishi muhim jarayon bo‘lib, bu aholi bilan aloqalarini sezilarli darajada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur jarayon xalq vakillarining saylov okruglaridagi o‘z saylovchilarining ehtiyojlari, muammolari va u yerdagi haqiqiy vaziyat to‘g‘risida axborot olishini ta’minlaydi. Saylovchilarning xohish-irodalari esa o‘z navbatida qonunlarni muhokama qilishda va hukumat vakillari oldiga vazifa qo‘yishda deputatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish