So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Nafaqat ijtimoiy himoya, balki barcha sohalarda ham o‘zgarishlar yaqqol sezilmoqda.
Sharof Rashidov tumani Toshkentlik MFY hududidagi 60-son ixtisoslashtirilgan maktab va Toqchilik MFY hududidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboyev va Sharof Rashidov tuman hokim o‘rinbosari Olim Meliboyevlar ishtirokida «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yili doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi, mazkur sohani rivojlantirish, uning iqtisodiy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mazkur jabhada Prezidentimiz tomonidan 9 ta yo‘nalishda ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholiga tushunchalar berildi.