Fuqarolarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda

 

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi Z. Shodiyeva Oqqo‘rg‘on tumani Navbahor MFYda “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu MFYda kam ta’minlangan oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar olib borilayotgan bo‘lib, fuqarolarning bandligini ta’minlashga ham e’tibor qaratilmoqda.

Deputat mahalla aholisi uy tomorqalardan samarali foydalanish maqsadida parniklarni yuritish va o‘zini-o‘zi band qilish holatini ham o‘rgandi. Aniqlangan xato va kamchiliklar o‘sha joyning o‘zida mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida hal qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish