«Uyma-uy»

 

O‘zbekiston XDP Oltinsoy tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A. Oripov tuman xotin-qizlar bo‘limi partiya faollari bilan birgalikda «Uyma-uy» loyihasi doirasida tumandagi «To‘xtamish» mahallasida bo‘ldi.

Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilib, fuqarolarning yashash sharoitlari va muammolarini o‘rgandi. Uy-joy sharoiti nochor, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlardagi vaziyat bilan tanishdi.

«To‘xtamish» mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi M.Choriyeva, A. Mengnorov, N. Baratovaning xonadonida bo‘lib, muammoli masalalar o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu fuqarolarga hovli-joylarini obod qilishda tushuntirish ishlari olib borilib, ayrim masalalarda ko‘mak berilishi ma’lum qilindi. Aniqlangan muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot mutasaddilari bilan kelishib, deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish