Ayollar bandligi – oilalar farovonligi

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tomonidan «Ayollar qanoti» faollari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi «Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi «Oqsaroy tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korxona mas’ullari tomonidan ishchilarga yaratib berilgan sharoitlar va imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

Shuningdek, muloqotda ishlash istagini bildirgan 12 nafar ayolga mutaxassisligi bo‘yicha ish o‘rinlari tavsiya qilindi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish