Beruniyda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlaridan iborat targ‘ibotchilar guruhi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan Prezident farmon va qarorlarining mazmuni va ahamiyati, millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha aholi orasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Beruniy tumanidagi ta’lim maskanlarida, tibbiyot bo‘limlarida va mehnat jamolarida o‘tgan targ‘ibot tadbirlarida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamovalar Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish