O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi tashabbusi bilan Qo‘shko‘pir tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida “Muhokama, tahlil va taklif” munozara klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Maqsad qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu galgi davra suhbati mavzusi “O‘zbekiston-2030” strategiyasinining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi xususida bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi “Yoshlar va xotin-qizlar” bo‘limi boshlig‘i M. Ismoilova, Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, partiya faoli S. Matyoqubova, tuman kengashi raisi O. Yusupovalar tomonidan dasturda ko‘zda tutilayotgan yo‘nalishlar, yoshlarga, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Yoshlarning fikr-mulohazalari so‘raldi.
Tadbir so‘nggida bir guruh yoshlar partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.