O‘zbekiston XDP Angren shahar kengashi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Angren Unversitetida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida uchrashuv va «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda XDP Toshkent viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Sodiqov, Angren shahar Kengashi raisi F. Abduraximova, Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i A. Parpiyev, shahar deputatlari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlarga «O‘zbekiston-2030» startegiyasining mazmun-mohiyati, har bir yo‘nalishi buyicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda partiyaning maqsad va vazifalari keng tushuntirildi. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosati, Davlat dasturining amalga oshirilishida partiya tashkilotlarining munosib ishtiroki, jamiyatni rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan dolzarb g‘oyalar, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni turli xil zararli yod g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish to‘g‘risida suhbatlashildi.
Shuningdek, yoshlar ishtirokida Zakovat bellashuvi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va 6 nafar faol yoshlar partiya safiga qabul qilindi.