Islohotlar mazmuni tushuntirildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Ibn Sino mahallasi va Guliston ovul fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 22-dekabrida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqi mazmun-mohiyati, Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi rahbari, targ‘ibot guruhi rahbari A. Matniyazova ishtirokchilarga bolalar tarbiyasi, bolalar tarbiyasida kasb-hunarning roli, kelajakda komil inson bo‘lib yetishida kadrlar potensialini kuchaytirish, mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari A. Yuldasheva mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va imkoniyatlar, ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish