Qaror ijrosi o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasida Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil, 22 sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 377-sonli qarorining viloyatidagi ijrosi to‘g‘risida Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i B.P. Mo‘minovning hisoboti eshitildi.

Ipoteka krediti – bu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olish uchun jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit tushuniladi.

Bugungi kunda viloyatda 11 ta tijorat banklari tomonidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga kreditlar ajratilmoqda.

Bunda boshlang‘ich badal miqdori sotib olinadigan uy-joy yoki quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan uy-joy loyiha smetasi qiymatining 15 foizini tashkil etadi.

Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 377-sonli Qarorining ijrosi o‘rganildi. Berilgan takliflar yuzasidan navbatdagi xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga mazkur masalani kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish