Aholi bandligini ta’minlash holati o‘rganildi
Kuni kecha O‘zbekiston XDP Ohangaron tuman kengashi raisi F. Xolto‘rayeva, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari P. Sherov, A. Ibragimovlar Ohangaron tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida 2023-yilda yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar, tumanda hudud va tarmoqlar kesimida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muammolar va takliflar ko‘rib chiqildi.