“O‘zbekiston-2030” strategiyasi targ‘iboti

 

O‘zbekiston XDP Gurlan tuman kengashi va deputatlik guruhi tomonidan tumandagi 6-ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati D. Niyozmetova va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Matyakubova hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi beshta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat. Belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning barchasi xalqimizning tinch va farovon yashashi, yoshlarimizning yaxshi ta’lim olib, har sohada o‘zlarining salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilayotgani, bu borada strategiyada aniq vazifalar belgilanganligi batafsil tushuntirib berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish