Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mo‘ynoq tumani kengashi tomonidan "Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi B. Utambetova, O‘zbekiston Xalq demokratiya partiyasi Mo‘ynoq tuman kengashi mas’ullari, "Aral" mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari va hudud aholisi ishtirok etdi.

Davra suhbatida erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘uruqlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligi keng tushuntirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish