Zo‘ravonlik qilingan bolaga professional yordam va himoya kerak (video)
Bolalarga zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurash chuqur, murakkab va albatta zarur jarayon. Ayniqsa, zo‘ravonlik takrorlanmasligi uchun qat’iy va tizimli choralar ko‘rish taqozo etiladi. Bu borada davlat siyosati yo‘lga qo‘yilmoqda. Qonunga ehtiyoj katta.
Zo‘ravonlikka qarshi kurash haqida uzoq gapirish emas, amaliy harakatlar ko‘proq muhim. Zo‘ravonlik qilingan bolaga professional yordam va himoya kerak. Bugun birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi shu jihatdan dolzarbdir.