Deputatimiz «Mehnatkash deputat» maqomini oldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Yelena Babenkoga «Mehnatkash deputat» maqomi berildi.
Yelena Vladimirovna 2023 yildagi faoliyati davomida deputatlik vakolatlaridan to‘liq foydalanganligi, jamoatchilik tadbirlarida hamda davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi inobatga olib, mazkur maqomga munosib deb topildi.
Partiyadoshlarimiz nomidan deputatimizni tabriklaymiz va yangi zafarlar tilab qolamiz!